Britaniya Ukrainaga uzoq masofaviy jang qurollarini yuborishi mumkin

 Britaniya Ukrainaga uzoq masofaviy jang qurollarini yuborishi mumkin

Dauning-strit hisobotiga ko‘ra, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun bo‘lib o‘tgan telefon suhbati chog‘ida Ukrainaga Rossiya agressiyasini qaytarish uchun zarur bo‘lgan uzoq masofaviy jang qurollarni yetkazib berish imkoniyatlarini muhokama qilgan.

"Ikki davlat yetakchilari frontdagi vaziyat va Ukraina qurolli kuchlarining so‘rovlarini, jumladan tinch aholini o‘qqa tutishga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan uzoq masofaviy jang qurollariga bo‘lgan ehtiyojni muhokama qildi", — dedi Boris Jonsonning matbuot kotibi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!