Britaniya spesnazi yana Kiyevda Ukraina harbiylarini tayyorlashni boshladi

Britaniya spesnazi yana Kiyevda Ukraina harbiylarini tayyorlashni boshladi

Bu haqda The Times nashri xabar qildi.

Ukraina qo‘shinlari zobitlari ma’lum qilishicha, o‘tgan haftada Buyuk Britaniya Maxsus havo xizmati (SAS) instruktorlari rahbarligida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

“Britaniya instruktorlari NLAW tankga qarshi raketalardan foydalanishni o‘rgatish uchun kelishdi”, - dedi Obolonskiy tumanidagi batalyon kapitani Yuriy Mironenko.

Bundan avval AQSh shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Mark Milli Ukrainaga 60 ming tankga qarshi va 25 ming zenit tizimlarini yuborganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!