Britaniya Rossiyaning uchta aviakompaniyasiga nisbatan sanksiya qo‘lladi

Britaniya Rossiyaning uchta aviakompaniyasiga nisbatan sanksiya qo‘lladi

Buyuk Britaniya Rossiyaning “Aeroflot”, “Rossiya” va “Ural aviaqatnovi” aviakompaniyalarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Britaniya hukumati saytida e’lon qilingan.

Qayd etilishicha, Britaniya ushbu uchta aviakompaniyalarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish bilan birgalikda ularning aktivlarini ham muzlatib qo‘ygan.

"Aeroflot" Rossiyadagi eng yirik aviakompaniya hisoblanadi. U strategik muhim transport sohasida faoliyat yuritib, Rossiya hukumatiga foyda keltiradi va uni qo‘llab-quvvatlaydi. Kompaniya Rossiya davlatiga tegishli bo‘lgani uchun u hukumat bilan bog‘liq yuridik shaxs sifatida ham ishlaydi", deyiladi xabarda.

“Ural aviaqatnovi”ga nisbatan sanksiya qo‘llanishi esa kompaniya Rossiya Federasiyasi uchun strategik ahamiyatga ega faoliyatni amalga oshirayotgani bilan izohlangan.

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytilishicha esa yangi cheklovlar “Aeroflot”ning Britaniya aeroportlarida qolgan slotlarini (parvoz kelishi yoki uchishi uchun ajratilgan vaqt) sotishdan foyda olishiga to‘sqinlik qiladi. TIVga ko‘ra, ushbu slotlarning narxi 50 million funt sterlingga (hozirgi kurs bo‘yicha 62 million dollar) teng.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!