Britaniya razvedkasi: Rossiya Donbassga zaxiralarni yuborishga harakat qiladi

Britaniya razvedkasi: Rossiya Donbassga zaxiralarni yuborishga harakat qiladi

Britaniya harbiy razvedkasi Ukrainadagi ertalabki vaziyatni sarhisob qilgan holda, rus qo‘shinlari faol o‘qqa tutishni davom ettirayotgani va shimolda Izyum hamda janubda Popasnaya orqali Severodonesk hududini o‘rab olishga harakat qilayotgani haqida xabar beradi.

“Rossiya Donbassga ko‘p sonli zaxira bo‘linmalarini jo‘natishga hozirlik ko‘rayotgani juda katta ehtimol”, — dedi Britaniya harbiylari.

Hisobotda, shuningdek, o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donesk Xalq Respublikasi frontda 2128 kishi halok bo‘lgan, 8900 ga yaqin kishi jarohat olgani haqida xabar berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!