Britaniya razvedkasi: Putinning safarbarlik xatolarini tan olishi muammo ko‘lamini ko‘rsatadi

Britaniya razvedkasi: Putinning safarbarlik xatolarini tan olishi muammo ko‘lamini ko‘rsatadi

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi harbiy razvedkasi Rossiya prezidentining 29 sentyabrdagi safarbarlik vaqtida tuzatilishi kerak bo‘lgan xatolar haqidagi bayonotini izohlar ekan, Vladimir Putinning yuzaga kelgan muammolarni "noodatiy tez" tan olishidan hayratda ekanini ma’lum qildi.

Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu birinchi haftada (21 sentyabrdan keyin) safarbarlik qanchalik tartibsiz bo‘lganini ko‘rsatadi. Rasmiylar, ehtimol, "safarbarlik kampaniyasining aniq ko‘lami va qonuniy asoslarini bilishmaydi, shuning uchun ular Putin va Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilingan ta’riflarga to‘g‘ri kelmaydigan xodimlarni jalb qilishgan".

"Hozir, chaqiriluvchi zahiradagi askarlar chodirli tranzit lagerlarida yig‘ilishda davom etar ekan, rasmiylar chaqiriluvchilarni o‘qitish va yangi bo‘linmalarga rahbarlik qilish uchun ofiserlarni topish uchun kurashmoqda", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!