Britaniya “Brexit”dan keyin birinchi sanksiyalarini kiritdi

Britaniya “Brexit”dan keyin birinchi sanksiyalarini kiritdi

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirganidan ko‘p o‘tmay, Buyuk Britaniya o‘zining “Magnitskiy ro‘yxati” (butun dunyo bo‘ylab inson huquqlarini qo‘pol ravishda buzuvchilarga qarshi  sanksiyalar ro‘yxati)ni e’lon qildi.

Unga quyidagilar kiritildi:

1. Rossiya Federatsiyasining soliq xizmati xodimlari va Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligining yuqori lavozimli xodimlarining korrupsiya tarmog‘ini fosh qilgan auditor Sergey Magnitskiyning o‘limida ishtirok etgan 25 ta Rossiya fuqarosi;

2. 2018 yilda Turkiyada jurnalist Jamol Xashoggining o‘ldirilishida ishtirok etgan 20 ta Saudiya fuqarosi;

3. Rohinja qochqinlariga qarshi qatag‘onlar tufayli Myanmadan ikki general;

4. Shimoliy Koreyada majburiy mehnat, qiynoq va qotilliklar bilan shug‘ullanuvchi ikkita tashkilot.

Qayd etilishicha, Britaniya qora ro‘yxatiga kirgan shaxslar mamlakatga kirishlari, qirollik banklari xizmatlaridan foydalanishlari yoki Britaniya iqtisodiyotidan foyda olishlari mumkin emas.

Ta’kidlanishicha, bu Londonning birinchi sanksiyalar to‘lqini bo‘lib, keyingisi yaqin oylarda bo‘lishi kutilmoqda.

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!