BRIKS yetakchilari 23 iyunda ko‘ptomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladi

BRIKS yetakchilari 23 iyunda ko‘ptomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladi

BRIKS yetakchilari 23 iyun kuni siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarida ko‘p tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladi, deb xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.

Xabarda ta’kidlanishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 23 iyunda Xitoy raisligida videokonferensiya rejimida bo‘lib o‘tadigan BRIKSning XIV sammitida ishtirok etadi.

"Braziliya, Rossii, Hindiston, Xitoy va JAR yetakchilari “beshlik” doirasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarida ko‘p tomonlama hamkorliklarning ahvoli va istiqbollarini muhokama qiladilar. Dolzarb xalqaro va mintaqaviy mavzularda ham fikr almashish kun tartibiga kiritilgan. Sammit yakuni bo‘yicha Deklarasiya imzolanishi kutilmoqda", - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!