Brexit’ni bekor qilish to‘g‘risidagi petisiyani 900 mingga yaqin britaniyalik imzoladi

Brexit’ni bekor qilish to‘g‘risidagi petisiyani 900 mingga yaqin britaniyalik imzoladi

Buyuk Britaniya hukumatidan YEI tarkibidan chiqmaslik talab qilingan petisiya 890 mingdan ortiq ovoz to‘pladi, deb xabar berdi Interfaks.

Britaniya hukumati YEIdan chiqish xalq xohishi ekanligini bir necha bor bayonot berdi. Biz xalq Buyuk Britaniyaning YEIda qolishini qanchalik kuchli qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatib, bu bayonotni yo‘qqa chiqarishimiz kerak , - deyiladi petisiyaga izohlarda.

Mamlakat parlamenti endi ushbu petisiyani munozaralarga olib chiqish masalasini ko‘rib chiqadi, chunki petisiya 100 mingdan ortiq ovoz to‘plagan.

Brexit 29 martga mo‘ljallangan. Shundan so‘ng, Meyning rejasiga ko‘ra (ushbu reja Britaniya parlamenti tomonidan rad etilgan) Buyuk Britaniyada 2020 yil 31 dekabrgacha o‘tish davri amal qiladi.

15 mart kuni Britaniya parlamenti deputatlari Brexit ning 29 martdan kechroq muddatga ko‘chirilishi uchun ovoz berdilar. Brexit sanasi ko‘chirilishiga 412 deputat ovoz bergan, 202 nafari qarshi chiqqan.

Endi sananing ko‘chirilishi bo‘yicha Yevropa Ittifoqining qolgan 27 a’zosi kelishib olishi lozim.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!