Braziliyaning sobiq prezidenti Bolsonaru 27 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

A A A
Braziliyaning sobiq prezidenti Bolsonaru 27 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Braziliya Oliy sudi sobiq prezident Jair Bolsonaruni davlat to‘ntarishiga urinishda ayblab, 27 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum qildi.

U Braziliyaning amaldagi yetakchisi Luis Inasiu Lula da Silvaning 2023 yil yanvarida hokimiyat tepasiga kelishiga to‘sqinlik qilishga uringanlikda ayblangan edi. To‘rt nafar sudya hukmni qo‘llab-quvvatladi, bir nafari esa unga qarshi ovoz berdi.

Shu bilan birga, sud ish bo‘yicha yana bir qancha ayblanuvchilarga hukm chiqardi, Bolsonaruning sheriklari 26 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Sobiq prezidentning advokatlari hukm ustidan, jumladan, xalqaro sudlarga shikoyat qilishlarini ma’lum qildi.

Braziliya poytaxtidagi tartibsizliklar 2023 yilning yanvar oyida Luiz Inasiu Lula da Silva hokimiyat tepasiga kelganidan keyin sodir bo‘lgan. Bolsonaru tarafdorlari hukumat binolarini egallab olishga harakat qilishdi va tartibsizliklar boshlandi. Ularda 5 mingga yaqin kishi qatnashdi, 1,4 mingdan ortiq kishi hibsga olindi, deb xabar berdi bfm.ru.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

💴 Adliya vazirligi O‘zbekistondagi pensiya va nafaqalar miqdorini eslatdi

Пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори эса 504 минг сўмни ташкил этмоқда

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.

Kanadalik olim Trampga Oy kimga tegishli ekanligini eslatib qo‘ydi

Олим ҳатто Американинг ўтмишдаги Ойга қўниши ҳам мамлакатга сунъий йўлдошга даъво қилиш ваколатини бермаслигини таъкидлади.

Urush oqibatlari: Rossiya g‘allasi Qozog‘istonnikini siqib chiqarmoqda

Қозоғистон фермер