Braziliyada koronavirus vaksinasi sinovida ishtirok etayotgan ko‘ngilli vafot etdi

Braziliyada koronavirus vaksinasi sinovida ishtirok etayotgan ko‘ngilli vafot etdi

Braziliyada Astrazeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi sinovlarida ishtirok etgan ko‘ngilli vafot etdi. 

Vafot etgan ishtirokchi 28 yoshli erkak bo‘lgan va unda hech qanday yondosh kasalliklar bo‘lmagan.

Avvalroq AstraZeneca kompaniyasi va Oksford universiteti birgalikda ishlab chiqayotgan vaksinaning sinovlari ko‘ngillilardan birida nojo‘ya ta’sir keltirib chiqargani sababli to‘xtatilgandi. Ta’kidlanishicha, sinovlar ishtirokchisida orqa miyaning yallig‘lanish kasalligi - ko‘ndalang miyelit aniqlangan. Mutaxassislar buni emlashning ikkilamchi ta’siri bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!