Braziliyada koronavirus qurbonlari soni 61 ming nafardan oshdi

Braziliyada koronavirus qurbonlari soni 61 ming nafardan oshdi

Braziliyada Covid-19 koronavirusidan vafot etgan bemorlar soni 61 990 kishiga yetdi, oxirgi bir sutkada 1038 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar beradi.

Lotin Amerikasi mamlakatida 1 501 353 ta koronavirus holati tasdiqlandi. Oxirgi 24 soat ichida 46 712 ta yangi holat qayd etildi. Mamlakat koronavirus statistikasiga oid yagona yaxshi xabar: 916 147(jami kasallanganlarning 57 %i) bemor kasallikdan sog‘ayib ketdi.

Hozirda Braziliya va butun Janubiy yarim sharda koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzatilmoqda. JSST ham Lotin Amerikasi mintaqasini koronavirus pandemiyasining yangi o‘chog‘i sifatida e’tirof etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!