Bozorda “kissavurlik” qilayotgan ayolni fuqarolar ushlab olib, IIBga topshirishdi

Bozorda “kissavurlik” qilayotgan ayolni fuqarolar ushlab olib, IIBga topshirishdi

2021 yilning 07 may kuni Kattaqo‘rg‘on shahar, “Shavqiy” ko‘chasida yashovchi, 35 yoshli T.N., Payariq tumani, “Guliston” MFY hududida joylashgan bozorda xaridni amalga oshirayotgan fuqaroning yonida bo‘lgan 1 mln. 200 ming so‘m miqdoridagi pullarni “kissavurlik” yo‘li bilan talon-toroj qilib, voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtida, fuqarolar tomonidan ushlanib IIBga topshirilgan.

Holat yuzasidan Payariq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!