“Boshqa galaktikadan va mening shahrimdan": 69 metr balandlikda Messining rasmini chizishdi (FOTO)

“Boshqa galaktikadan va mening shahrimdan": 69 metr balandlikda Messining rasmini chizishdi (FOTO)

"PSJ" klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining ulkan portreti endi Rosarioning ko‘p qavatli uylaridan birida aks etadi.

Futbolchining suratini rassomlar Marlen Suriaga va Lisandro Urteaga chizdi. 69 metr balandlikdagi freska “Boshqa galaktikadan va mening shahrimdan” deb nomlangan.


Eslatib o‘tamiz, Rosario 34 yoshli Messining ona shahri hisoblanadi. U o‘sha yerda tug‘ilib, 13 yoshigacha yashagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!