Boshga ish tushganda qaysi oyatlarni o‘qish kerak?

Boshga ish tushganda qaysi oyatlarni o‘qish kerak?

Agar siz qadringiz yo‘qligini, obro‘yingiz tushib ketayotganini his qilsangiz "Inson" surasining 22-oyatini o‘qing!

"Albatta, bu sizlar uchun mukofot va sizlarning sa’y-harakatlaringiz (Alloh nazdida) maqbuldir”.

Agar siz o‘zingizni muvaffaqiyatsiz, omadsiz deb hisoblasangiz, noumidlikka tushsangiz "Yusuf" surasining 87-oyatini o‘qing!

"Ey, o‘g‘illarim! Boringiz-da, Yusuf va uning ukasini izlangiz va Allohning rahmatidan noumid bo‘lmangiz. Zero, Allohning rahmatidan faqat kofirlar qavmigina noumid bo‘lur”.

Agar o‘zingizni hamma narsadan mahrum qilingan deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz "Ibrohim" surasining 34-oyatini o‘qing!

"Shuningdek, sizlarga barcha so‘ragan narsalaringizdan ato etdi. Agar Allohning ne’mat(lar)ini sanasangiz, sanog‘iga yeta olmaysiz. Haqiqatan, inson (o‘ziga) o‘ta zolim va (Rabbiga) juda noshukrdir”.

Agar siz qiyinchilik va mashaqqatlardan charchagan bo‘lsangiz "Sharh" surasining 5-oyatini o‘qing

"Bas, albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir”.

Agar odamlar siz bilan jang boshlasalar "Furqon" surasining 63-oyatini o‘qing!

"Rahmonning (suyukli) bandalari yerda kamtarona yuradigan, johil kimsalar (bema’ni) so‘z qotganda “Salomatlik bo‘lsin!” deb javob qiladigan kishilardir”.

Agar siz turli qo‘rquvlardan qutulishni istasangiz "Baqara" surasining 62-oyatini o‘qing!

"Albatta, mo‘minlar, shuningdek, yahudiylar, nasroniylar va sobiiylardan kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa hamda solih amallarni qilsa, ularga Rabbilaridan ajr bordir, ularga xavf yo‘qdir va ular tashvish ham chekmaslar”.

Agar gunohlaringiz kechirilishini istasangiz "Oli Imron" surasining 135-oyatini o‘qing!

"Ular biror fahsh ish qilib qo‘ysalar yoki o‘zlariga zulm qilib qo‘ysalar, (darhol) Allohni eslab, istig‘for aytadilar. Vaholanki, gunohlarni faqat Allohgina mag‘firat etar. Yana, ular bila turib, qilmishlarida davom etmaydigan kishilardir"!

Qudratulloh Ahmad tayyorladi

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!