Bosh vazir: Isroil o‘z fuqarolari uchun tinchlikni ta’minlashda davom etadi

Bosh vazir: Isroil o‘z fuqarolari uchun tinchlikni ta’minlashda davom etadi

Isroil Bosh vaziri Yair Lapid G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlar chog‘ida Isroil o‘z fuqarolari uchun tinchlikni ta’minlash uchun harakat qilishda davom etishini aytdi.

"Isroil o‘z fuqarolari uchun tinchlikni ta’minlash uchun ikkilanmasdan harakat qilishda davom etadi”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Qayd etilishicha, Lapid Tel-Avivda mojaro fonida harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi yig‘ilishini tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil G‘azo sektorida “Islomiy jihod” guruhiga qarshi “Tong” operasiyasi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edi. Isroil va anklav o‘rtasidagi 80 kilometrlik chegarada favqulodda holat e’lon qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!