Bosh prokuraturada “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va boshqa dasturlar ijrosini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bosh prokuraturada “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va boshqa dasturlar ijrosini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 24 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va boshqa dasturlar ijrosini samarali tashkil etish, ajratilgan mablag‘lardan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlash, talon - toroj qilish holatlarini oldini olish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Perezidentining 02.04.2021 yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida” PQ - 5048 – sonli Qarori qabul qilindi.

Joriy yilda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va boshqa dasturlar doirasida 206 ta tuman va shaharlarning 8 mingga yaqin qishloq va mahallalarida aholining yashash sharoitini yaxshilash maqsadida 21 trln. so‘m mablag‘ ajratilmoqda.

Ajratilayotgan pul mablag‘larini manzilli va samarali ishlatilishini ta’minlash, talon -torojliklarni oldini olish maqsadida Qo‘shma farmoyish bilan Bosh prokuror o‘rinbosari rahbarligida respublika Shtabi, viloyat va tuman - shaharlarda prokurorlar rahbarligida alohida Ishchi guruhlar tashkil etildi.

Bugun Bosh prokuror o‘rinbosari Akmalxo‘ja Mavlonov boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish mazkur masalaga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda qayd etilgan qaror bilan belgilangan vazifalarni to‘g‘ri tashkil etish, barcha vazirlik va idoralar bir bo‘lib, har bir ob’ekt bo‘yicha tizimli nazoratni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Qayd qilinishicha, har bir ob’ektga qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarining borishini kunlik o‘rganish uchun prokuratura va departament xodimlari biriktirildi.

Hududiy ishchi guruhlar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish va nazorat qilish uchun har bir viloyatga Bosh prokuratura boshqarma boshliqlari jalb etildi.

Biriktirilgan barcha mas’ullar har bir loyiha bo‘yicha yer ajratilishidan tortib, to ob’ekt foydalanishga topshirilgunga qadar barcha jarayonda shaxsan ishtirok etadi va kunlik nazoratni o‘rnatib, qurilishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, byudjet pulini manzilli ishlatilishini ta’minlaydi.

Qurilishning barcha bosqichlarini onlayn kuzatib borish maqsadida Bosh prokuraturada dasturlar ijrosi yuzasidan onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron dasturiy ta’minot yaratilmoqda. 

Bosh prokuraturada “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va boshqa dasturlar ijrosini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdiBosh prokuraturada “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va boshqa dasturlar ijrosini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!