Bosh infeksionist COVID-19 kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlarni yashirganlikda gumon qilinmoqda

Bosh infeksionist COVID-19 kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlarni yashirganlikda gumon qilinmoqda

AQSh Kongressi Vakillar palatasining respublikachilar partiyasi vakillari mamlakatning yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi Entoni Fauchini koronavirusning laboratoriyadan kelib chiqishi nazariyasiga oid ma’lumotlarni yashirganlikda gumon qilmoqda. Seshanba kuni kongressmenlar shunday mazmundagi maktubni mamlakat sog‘liqni saqlash va aholiga xizmat ko‘rsatish vaziri Xavyer Beserrega yuborishdi.

«Biz AQSh Milliy Allergiya va yuqumli kasalliklar instituti direktori Entoni Fauchi bilan suhbat o‘tkazishni so‘raymiz. Elektron pochta xatlaridan olingan parchalar shuni ko‘rsatadiki, Fauchi Uxan virusologiya institutidan laboratoriyada koronavirus chiqishi va virus sun’iy ravishda genetik jihatdan o‘zgartirilayotgani ehtimoli haqida ogohlantirilgan», deyiladi Nazorat va islohotlar qo‘mitasidan respublikachi Jeyms Komer va Vakillar palatasining Adliya qo‘mitasidan Jim Jordanning maktubida.

«Ma’lumotlar hukumatga xabar qilingan yoki qilinmaganligi va bu AQShning pandemiyaga bo‘lgan yondashuvini o‘zgartirishi mumkinmi yoki yo‘qligini aniqlash kerak», degan kongressmenlar bunday suhbat zarurligini izohlab. Maktubga Fauchining 2020 yil fevral oyi boshidagi elektron pochta xabarlaridan parchalar ilova qilingan.

Respublikachilarning so‘zlariga ko‘ra, 1 fevral kuni Fauchi boshqa olimlar bilan koronavirusning laboratoriyadan kelib chiqishi versiyasini muhokama qilgan, biroq u «bunday ogohlantirishlar haqida yuqori organlarga xabar bergani» noma’lum. Bundan tashqari, kongressmenlar Fauchi ilmiy muharrir sifatida 2020 yilda virusning kelib chiqishi haqidagi maqolalardan birining mualliflariga ta’sir o‘tkazgan bo‘lishi mumkin, shuning uchun ular laboratoriyadan chiqish nazariyasidan voz kechganligi ehtimoldan uzoq emas, deb taxmin qilishadi.

Bundan tashqari, kongressmenlar Uxan virusologiya instituti bilan hamkorlik qilgan EcoHealth tashkilotiga e’tibor qaratmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, EcoHealth va AQSh Milliy Allergiya va yuqumli kasalliklar instituti go‘yoki qandaydir «yangi funksiyalarni olishga qaratilgan eksperimentlarga moratoriyni chetlab o‘tish rejasi» ustida ishlagan. «EcoHealth tomonidan ishlab chiqilgan va institut tomonidan ma’qullangan ushbu reja EcoHealth ga yangi ko‘rshapalak koronaviruslari bo‘yicha xavfli tajribalar o‘tkazishga imkon berdi», deydi respublikachilar. Ularning tushuntirishicha, Fauchi boshchiligidagi institut EcoHealth ni moliyalashtirgan va Uxan Virusologiya instituti EcoHealthdan grant olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!