Borrel Pelosining Tayvanga tashrifi haqida fikr bildirdi

Borrel Pelosining Tayvanga tashrifi haqida fikr bildirdi

Evropa diplomatiyasi rahbari Xosep Borrel AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi tugaganidan deyarli bir kun o‘tib bu haqida haqida gapirdi.

“Tashrifdan Tayvan bo‘g‘ozidagi tajovuzkor harbiy harakatlar uchun bahona sifatida foydalanishga asos yo‘q. Mamlakatlarimiz qonunchilarining xalqaro miqyosda sayohat qilishlari odatiy holdir”, — deb yozdi u tvitterda .

Avvalroq Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xua Chunin Pekin Pelosining Tayvanga tashrifi munosabati bilan albatta barcha zarur choralarni ko‘rishini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!