Boris Jonson Tereza Meyning o‘rnini egallash uchun saylov kampaniyasini boshladi

Boris Jonson Tereza Meyning o‘rnini egallash uchun saylov kampaniyasini boshladi

Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonson mamlakat bosh vaziri va Koservatorlar partiyasi yetakchisi lavozimlarini egallash uchun o‘z saylov kampaniyasiga start berdi. Bu haqda «TASS» xabar berdi.

O‘z dasturi doirasida 12 iyun kuni Londonda nutqqa so‘zlagan siyosatchi mamlakat 31 oktyabrda Yevropa Ittifoqini tark etishiga va’da berdi. U Konservatorlar partiyasi yetakchisi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatilganidan beri birinchi marta ommaviy nutq so‘zladi.

«Brexit’ni amalga oshirishda o‘tkazib yuborilgan uch yil va ikki yil qo‘shimcha muddatdan so‘ng, biz Yevropa Ittifoqini 31 oktyabrda tark etishimiz lozim. Bu mamlakat va jamiyatni birlashtirish payti keldi», — degan Jonson va bunga faqat Yevroittifoqdan chiqish orqali erishish mumkinligini ta’kidlagan.

Britaniyada yangi bosh vazir kim bo‘lishi iyul oyi oxirigacha ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!