Bomba xavfi tufayli Termizga qo‘ngan samolyot yo‘lovchilariga osh tarqatildi

Bomba xavfi tufayli Termizga qo‘ngan samolyot yo‘lovchilariga osh tarqatildi

Rossiyaning "Azur Air" aviakompaniyasining AZV2463 reysi bilan Perm — Goa yo‘nalishida parvoz qilayotgan, bortida 231 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot soat 03:58 da bomba xavfi tufayli Termiz xalqaro aeroportiga qo‘ngani haqida xabar bergandik.

Tegishli tekshiruvlardan so‘ng yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari aeroport terminaliga taklif qilindi. Aeroport xodimlari favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan bort yo‘lovchilari uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga harakat qilishdi.

«Bugun erta tongda ta’tilga uchayotgan ikki yuzdan ortiq yo‘lovchilar aeroportimizga qo‘nishga majbur bo‘lishdi. Ular charchagan, barchaning kayfiyati tushib ketgan. Biz qandaydir tarzda yo‘lovchilarning ko‘nglini ko‘tarishga, dalda berishga, qo‘llab-quvvatlashga harakat qildik. Tushlikka esa palov tayyorladik. Bugun bir yo‘lovchining tug‘ilgan kuni rkan. Bu kunni yaxshilik bilan eslash kerak degan qarorga keldik va kichik esdalik sovg‘asini topshirdik, barchamiz ushbu yo‘lovchini bir ovozdan tabrikladik.Vaziyatni oz bo‘lsada yumshatishga muvaffaq bo‘lganimizdan xursandmiz», — dedi «Termiz» aeroporti direktori Shuhrat Qobilov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!