Boltiq dengizi "Finlyandiya va Shvesiya ittifoqqa qo‘shilganda NATOning ichki dengiziga aylanadi"

Boltiq dengizi "Finlyandiya va Shvesiya ittifoqqa qo‘shilganda NATOning ichki dengiziga aylanadi"

Bu haqda Estoniya mudofaa vaziri Xanno Pevkur Iltalehti gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Estoniya va Finlyandiya NATO harbiy-siyosiy blokiga qo‘shilganidan keyin qirg‘oq mudofaasini birlashtirishga kelishib oldilar. Bu Rossiya harbiy kemalari uchun Boltiq dengiziga chiqishni yopadi.

“Estoniya va Finlyandiya raketalari uchish masofasi Finlyandiya ko‘rfazining kengligidan oshib ketadi”, — dedi Pevkur. Uning so‘zlariga ko‘ra, Finlyandiya mudofaa vaziri bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ular mamlakatlar mudofaasini birlashtirish va axborot almashishga kelishib olgan.

Birgalikda raketaga qarshi mudofaa NATO mamlakatlariga kerak bo‘lganda Finlyandiya ko‘rfazini "yopish" imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!