Boliviya polisiyasi sobiq prezidentni hibsga olish borasida orderga ega

Boliviya polisiyasi sobiq prezidentni hibsga olish borasida orderga ega

Boliviya prezidenti Evo Morales 10 noyabr, yakshanba kuni iste’foga chiqdi.

Uning iste’fosiga sabab bo‘lgan noroziliklar mamlakat Oliy saylov sudi 20 oktyabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi natijalarini e’lon qilganidan so‘ng boshlanib ketdi.

Sud Moralesni birinchi bosqich saylovlarining g‘olibi deya e’lon qilgan edi.

Uning asosiy raqibi, sobiq jurnalist Karlos Mesa saylov natijalarini tan olmadi. Ovoz berish natijalari soxtalashtirilganini aytdi va o‘z tarafdorlariga murojaat qilib ikkinchi bosqich saylovlar o‘tkazilishini talab qilgan holda mamlakat ko‘chalarida namoyishlar tashkil etishga da’vat qildi.

Namoyishlardagi polisiya bilan to‘qnashuvlarda uch kishi halok bo‘ldi.

Polisiya saylovlardagi soxtalashtirishlarda gumonlangan Boliviya Oliy Saylov sudi raisi Mariya Euxeniya Choke va uning o‘rinbosarini hibsga oldi.

Kuni kecha Boliviya polisiyasi Moralesni hibsga olish borasida orderga ega ekani ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!