Boliviya parlamentidagi yig‘ilish katta janjalga aylandi. Ayollar sochlarini yuldi (VIDEO)

Boliviya parlamentidagi yig‘ilish katta janjalga aylandi. Ayollar sochlarini yuldi (VIDEO)

Boliviyada parlament yig‘ilishi katta mushtlashuvga aylandi. Bunga ikki yil oldingi kadrlar sabab bo‘lgan.

Ichki ishlar vaziri Eduardo Del Kastillo 2019 yilgi davlat to‘ntarishining sabablari haqidagi videoni namoyish qildi. Uning hisoboti muxolifatga yoqmadi. Deputatlar rasmiy bilan kelishmovchiliklari haqida baqira boshladilar.

Tanqidchilardan biri sakrab turib, mushtlarini harakatga keltirdi. Hukmron partiya vakillari aralashdi, minbar yonida janjal kelib chiqdi, deb xabar beradi "Rossiya 24". Kadrlarda parlamentchilar qanday qilib yerga qulab, oyoq-qo‘llari bilan bir-birini urishni boshlagani aks etgan. Bir vaqtning o‘zida bir nechta odam ularni ajratishga harakat qilmoqda. Ajratib turuvchilar o‘rtasida janjal kelib chiqdi - ayol deputatlar Tatyana Agnes va Mariya Alanoka bir-birlarining sochlarini yuldilar.



Parlament sessiyasi to‘xtatildi. Jang qilgan deputatlar kechirim so‘rashdi va Ichki ishlar vazirligi rahbari qisqa tanaffusdan so‘ng hisobotini yakunladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!