Bolgariya Rossiyadan yoqilg‘i yetkazib beruvchilar 2024 yilgacha sanksiyalardan ozod etilganini aytdi

Bolgariya Rossiyadan yoqilg‘i yetkazib beruvchilar 2024 yilgacha sanksiyalardan ozod etilganini aytdi

Bolgariya texnik hukumati mamlakatdagi og‘ir yoqilg‘i vaziyati fonida avtomobil yoqilg‘isi yetkazib beruvchi Rossiya kompaniyalarini 2024 yil oxirigacha sanksiyalardan chiqarishga qaror qildi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha hukumat matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Rossiya Federasiyasidan avtomobil yoqilg‘isi yetkazib beruvchilari bilan yangi davlat shartnomalari va asosli bitimlar tuzishga 2022 yil 10 oktyabrdan keyin ruxsat etiladi”, — deyiladi xabarda.

Qaror, ta’kidlanganidek, davlat organlari va boshqa tuzilmalar faoliyatini avtomobil yoqilg‘isi bilan yetarli darajada ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Shartnoma 2024 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!