Bolgariya prezidenti Ukrainadagi inqiroz tufayli Yevropaning kuni bitishini taxmin qildi

Bolgariya prezidenti Ukrainadagi inqiroz tufayli Yevropaning kuni bitishini taxmin qildi

Bolgariya prezidenti Radev: Ukraina inqirozi cho‘zilishi Yevropaning o‘zidan o‘zi yo‘q bo‘lishiga olib keladi.
Ukraina atrofidagi inqirozning davom etishi butun Yevropaning iqtisodiy barbod bo‘lishiga olib keladi. Bu haqda Bolgariya prezidenti Rumen Radev ma’lum qildi.
“Bu Yevropaning iqtisodiy o‘z o‘zidan yo‘q bo‘lib ketishini anglatadi. Va biz bu yo‘nalish sari boryapmiz”, - dedi Bolgariya yetakchisi NTV telekanali efirida.
Radev yaqinda Ukrainaga harbiy yordam yuborishni ma’qullagan Bolgariya parlamentini tanqid qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bolgariyani mojaroga jalb etish “xavfli qadamdir”. Bolgariya prezidenti bunga o‘xshash ko‘mak xatarlarga sabab bo‘lishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!