Bolaning bitta buyrak bilan tug‘ilishi qanchalik xavfli?

Bolaning bitta buyrak bilan tug‘ilishi qanchalik xavfli?

Bolaning bitta buyrak bilan tug‘ilishi qanchalik xavfli?

Komiljon Hamzayev,
tibbiyot fanlari nomzodi, dosent,
Bolalar milliy tibbiyot markazi nefrologiya bo‘limi shifokori:

— Ba’zan bola yagona buyrak bilan tug‘iladi. Agar mavjud buyrak sog‘lom va nuqsonsiz bo‘lsa, birgina shu a’zo bilan ham bekamu ko‘st hayot kechirishi mumkin. Lekin bu holatni ham ertaroq aniqlash maqsadga muvofiq.

Buning uchun o‘g‘il-qizlarni pediatriyada belgilangan tartibda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazib turish lozim.

Agar bolada bitta buyrak borligi aniqlansa va u sog‘lom bo‘lsa, mutaxassislar kichkintoyning kelgusida ham sog‘lom hayot kechirishi uchun zarur choralarni ko‘radi.

📌Bola isitma qilganda,
📌har xil yuqumli kasalliklarga chalinganda,
📌ich ketishi sabab kuchli darajada suvsizlanish kuzatilganda,
📌undagi boshqa o‘tkir yoki surunkali kasalliklarni davolash chog‘ida buyrakka toksik ta’sir qiluvchi dori vositasi ishlatilganda,
📌bolaning ota-onasi biror bir dori vositasini shifokor maslahatisiz uning yoshiga mos kelmaydigan dozada berganda, yagona buyrakning ishdan chiqishi xafvi bor.

Oshqozon-ichak tizimi infeksiyalari buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkinmi?

— Bolalar orasida oshqozon-ichak tizimi infeksiyalari bilan kasallanish tez-tez uchrab turadi.

Ushbu xastaliklarda ba’zi bolalarda tinimsiz ich ketishi va qayt qilish tufayli juda ko‘p suyuqlik yo‘qotiladi, natijada organizm suvsizlanib peshob ajralmay qoladi. Bu buyrak o‘z faoliyatini to‘xtatganining alomatidir. Mazkur holat zamonaviy tibbiyotda buyraklarning o‘tkir zararlanishi, deb ataladi.

Buyraklarning o‘tkir zararlanishi o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan shoshilinch holat bo‘lib, unga zudlik bilan yuqori malakali davo usullari qo‘llanilmasa, bola hayoti xavf ostida qoladi.

Bolalar milliy tibbiyot markazi va viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida buyraklarning o‘tkir zararlanishiga chalingan kichik yoshli bemorlar uchun yetarli darajada sun’iy buyrak apparatlari mavjud.

Biroq ba’zida zarur davo choralari ko‘rilsa-da, bolalarda buyraklar ish faoliyati tiklanmasligi ham kuzatiladi. Natijada kichkintoylar hayotdan ko‘z yumishi yoki ularda surunkali buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!