Bolani otasiz tarbiyalashning qiyinchiliklari

Bolani otasiz tarbiyalashning qiyinchiliklari

Savol.  Men yolg‘iz ayolman. Bolamni otasiz tarbiyalash qiyin kechayapti. Qanday tarbiyalasam  farzandlarim o‘ksinmasdan voyaga yetadi?

Javob: Ba’zi oilalarda asosan bola tarbiyasi bilan onalar  shug‘ullanadi. Ayniqsa,  yolg‘iz onalarning har qadamida muammolar chiqib turadi.  Bunday paytda nima qilish kerak.

 Bolalar oilada ota-onalarining hissiy kechinmalarini tezda sezish xususiyatiga ega. Onaning jahildorligi, asabiyligi, befarqligini farzand tezda sezadi. Shuning uchun onalar xissiy kechinmalarini va asabiylashish tuyg‘ularini to‘g‘ri boshqarishlari bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi.

Ona va bola hech qachon jamiyatdan ajralib qolmasligi kerak.  Ona va bola faqat  o‘zaro munosabat bo‘lsa, ijtioiy muhitdan uzoqlashsa bola “onasining o‘g‘li” bo‘lib qoladi.

Buning ayrim sabablari bor. Onaning bolani “har xil guruhlarga qo‘shilib ketishi” yoki yomon xulqli bolalarni ta’siriga tushib qolishidan haddan ortiq bezovtalanishi uning ijtimoiy muhitdan ajralib qolishiga olib keladi.  

Natijada, o‘g‘il bolada ayollik xususiyatlari shakllanadi.  Uning ijtimoiy muhitga kirishish xususiyati pasayadi, shuningdek, erkaklarga xos xususiyatlar- qattiqqo‘llik, jasoratlilik kabi fazilatlar yetishmaydi. Bu esa juda xavflidir.

Qadrli onalar bunda bolaga ijtimoiy muhitga kirishishga yordam bering. Ularga erkinlik bering! Lekin nazoratni  esdan chiqarmang. Har qadamidan xabardor bo‘ling. O‘zi va o‘rtoqlari bilan muntazam muloqatda, hamsuhbat bo‘ling. Buning uchun vaqtingizni ayamang.

Orif Avlayev,

ToshDAU   “O‘zbek tili, pedagogika

va psixologiya” kafedrasi dosenti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!