Bolalar pandemiya tufayli ta’lim ololmayapti, chunki uyida elektr yo‘q

Bolalar pandemiya tufayli ta’lim ololmayapti, chunki uyida elektr yo‘q

YUNISEF ma’lumotiga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi tufayli dunyo bo‘yicha taxminan 1,2 milliard bola ta’lim ololmayapti. Pandemiya paytida 127 mamlakatda yopilgan maktablarning 72 foizi onlayn ta’limni yo‘lga qo‘ygan, biror bolalarning hammasi ham internetga ulanish imkoniyatiga ega emas. 

“Koronavirus pandemiyasidan avval ham ta’limda inqiroz bor edi, hozir esa bu inqiroz yanada chuqurlashdi. Maktablar yopilgan hozirgi davrda bolalarning ta’limni davom ettira olish uchun texnologiya va materiallardan foydalanish imkoniyati nihoyatda noteng”, – deydi YUNISEF vakili Robert Jenkins. 

Kambag‘al davlatlarda televideniye orqali olib borilayotgan ta’limdan ham hamma foydalana olmaydi. Masalan, Chaddagi qishloq joylarida faqatgina 100 xonadondan bittasida televizor bor. Qashshoq oilalarning uyida esa televizor tugul elektr ham yo‘q. Lesoto, Kiribati, Sudan, Gambiya, Gvineya-Bisau va Mavritaniyada eng qashshoq xonadonlar orasida elektrga ulanganlar 10 foizga ham yetmaydi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!