BOLALAR LAPSHADAN ZAHARLANMAGAN

BOLALAR LAPSHADAN ZAHARLANMAGAN

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida sodir bo‘lgan o‘tkir zaharlanish holati yuzasidan xabarlar tarqaldi.

🛑 Mazkur holat bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati quyidagilarni ma’lum qildi:

✳️ Joriy yilning 25 yanvar kuni bemor B.B.ning og‘zaki ko‘rsatmasiga ko‘ra tushlikda ukasi M.A. bilan birga uyiga yaqin joydagi oziq-ovqat do‘konidan tez tayyorlanadigan lapsha mahsulotini sotib olib, tayyorlab iste’mol qilishgan. Lapsha mahsulotini tayyorlash jarayonida mahsulotda aynish belgilari, o‘zga yot hid va ta’m sezilmagan.

🛑 O‘sha kuni 17:00-18:00larda B.B. uyida 1-1,5 yildan buyon saqlanib turgan, nomi va ishlab chiqaruvchisi hamda sotib olgan joyi noma’lum 500 gr.ga yaqin selofan paketda saqlanib turgan, kukin ko‘rinishidagi kemiruvchilarga qarshi dori bilan uy atrofi, oshxona va bitta xonaga sepib chiqqan. Kemiruvchilarga qarshi dorini sepish vaqti va sepganidan so‘ng xonalarda o‘tkir hid sezilgan.

‼️ 2023 yil 26 yanvar kuni soat M.A. 7:00-8:00larda, B.B soat 9:30-10:00larda qayd qila boshlagan. Belgilar o‘tib ketmagandan so‘ng tushlik vaqtida tez yordam chaqirilgan. Lekin ota-onasi tomonidan uyda davolanish ma’qul ko‘rilgan. M.A. va B.B. qayd qilishga qarshi dorilar qabul qilishgan. O‘sha kuni tungi soat 23:00-24:00lar atrofida M.A. va B.B.lar takroriy qayd qila boshlashgan. 27 yanvar kuni soat 6:00-7:00larda “Tez yordam” chaqirib, Respublika bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuboriladi. Lekin bemorlarning kasallik belgilari yuqumli kasalliklardan bo‘lmaganligi sababli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialiga yuboriladi.

‼️ Shifokorlar tomonidan bemorlarga «Fosfororganik birikmalardan o‘tkir zaharlanishning og‘ir va o‘rta og‘ir darajasi» birlamchi tashxisi qo‘yilgan.
M.A. kelgandagi ahvoli og‘ir holatda, reanimasion chora-tadbirlar olib borilishiga qaramasdan bemorda 27 yanvar soat 09:24 da biologik o‘lim qayd qilindi. Fuqaro B.B ning ahvoli qoniqarli bo‘lib, sog‘ligi shifokorlar nazoratiga olingan.

Yuqoridagi holat bo‘yicha takroriy murojaatlar bo‘lmagan va profilaktik ishlar davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!