Bokschilarimiz “Elorda kubogi”da 16 ta medalga sazovor bo‘lishdi

Bokschilarimiz “Elorda kubogi”da 16 ta medalga sazovor bo‘lishdi

O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari 2 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Xalqaro "Elorda kubogi" musobaqasida o‘zbekistonlik bokschilar 16 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Turnirda o‘zbekistonlik bokschilar 16 ta medal jamg‘arishdi. Murosasiz janglar yakunida Lazizbek Mullojonov hamda Nigina O‘ktamova oltin medallarga sazovor bo‘lishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari 2 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Oltin:

54 kg: Nigina O‘ktamova

+92 kg: Lazizbek Mullojonov

Kumush:

50 kg: Sabina Boboqulova

52 kg: Feruza Kazakova

57 kg: Sitora Turdibekova

48 kg: Asilbek Jalilov

75 kg: Saidjamshid Jafarov

Bronza:

48 kg: Farzona Fozilova

48 kg: Marjona Savriyeva

66 kg: Navbahor Hamidova

75 kg: Sohiba Ro‘zmetova

51 kg: Shahzod Muzaffarov

57 kg: Dilshod Abdumurodov

60 kg: Adhamjon Muhiddinov

63,5 kg: Mujibillo Tursunov

+92 kg: Jahongir Zokirov.

Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan "Elorda kubogi" xalqaro boks musobaqasida kuchli boks maktabiga ega bo‘lgan 10 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!