Boks: Jahon chempionati sovrindoriga uy sovg‘a qilindi

Boks: Jahon chempionati sovrindoriga uy sovg‘a qilindi

Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov Andijon Olimpiya zaxiralari kollejida murabbiylar, mutaxassislar va sportchilar bilan muloqot o‘tkazdi.

Suhbat davomida viloyati hokimi Turkiyada boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tgan Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan Aziza Yoqubovaga Andijondan 3 xonali uy sovg‘a qilinganligini e’lon qildi va qutladi.

Muloqot davomida davlatimiz rahbari tomonidan sportni ommalashtirish va iqtidorli sportchilarni tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!