Bojxonachilar tomonidan 2 mlrd. so‘mdan ziyod tovarlar fosh etildi

Bojxonachilar tomonidan 2 mlrd. so‘mdan ziyod tovarlar fosh etildi

Yurtimizga tovar moddiy boyliklarini noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish guruhi tezkor tuzulmalar tomonidan “Yallama” chegara bojxona postiga “Volvo” rusumli yuk avtotransport vositasida Xitoydan kelgan tovarlar xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan qiymati 2 mlrd. so‘mdan ziyod 355 dona “velosiped” hamda 90 dona “motosikl uchun akkumulyator” nomli tovarlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!