Bojxonachilar qariyb 9 mlrd. so‘mlik “operasiya”ga chek qo‘yishdi

Bojxonachilar qariyb 9 mlrd. so‘mlik “operasiya”ga chek qo‘yishdi

Bojxona organlari tomonidan yirik miqdordagi parfyumeriya mahsulotlarini yuk hujjatlarida ko‘rsatmagan holda mamlakatimizga olib kirishga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘yildi.

Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan, “Chuqursoy texnik idorasi” hamda “Chuqursoy” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda xorijdan Namangan viloyatida faoliyat olib boruvchi jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan 4 ta yuk konteynerlari tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan va ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan qiymati 7 mlrd 764 mln.so‘mlik 883 ming 105 dona parfyumeriya tovarlari borligi aniqlandi.

Yana bir shunga o‘xshash holatda esa Namangan viloyatida faoliyat olib boruvchi jamiyat nomiga keltirilgan yuk konteyneri ko‘zdan kechirilganda, konteynerlarda yuk-kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan hamda qayd etilganidan ortiqcha bo‘lgan umumiy qiymati 1 mlrd  123 mln.so‘mlik 744 ming 546 dona “Parfyumeriya” tovarlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!