«Bojalar» Mo‘min Oripovning o‘limidan keyin bachkanalashib ketdimi, degan savolga Javlon Shodmonovning javobi qanday bo‘ldi? (+video)

«Bojalar» Mo‘min Oripovning o‘limidan keyin bachkanalashib ketdimi, degan savolga Javlon Shodmonovning javobi qanday bo‘ldi? (+video)

Aktyor va prodyuser Javlon Shodmonov «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Javlon Shodmonov «Bojalar» jamoasi Mo‘min Oripovning vafotidan so‘ng bachkanalashib ketdi, mazmunidagi gaplarga munosabatini bildirdi.

- Bilmasam endi. Menimcha, har doim ikkita odamni ko‘rib yurgan muxlislar uchun bitta odam bo‘lmay qolishi g‘alati tuyulishi mumkin. Hozir Mo‘min bo‘lganida, boshqacha bo‘lardi. Bilmadim. U vaqtda jiddiy deysiz-u, ammo ‘Jiyda gullaganda’, ‘Anhor bo‘yida’ qo‘shiqlarimizda ham hazilomuz so‘zlardan foydalanganmiz, hozir ham shunaqa so‘zlardan foydalanamiz.

Hozir ham Jahongir akamning jiddiy qo‘shiqlari, chuqur ma’noga ega bo‘lgan qo‘shiqlari bor. Endi ularning uslublari shunaqa. Jiddiy qo‘shiqlarni katta reklama qilmasligimizning sababini bilmayman. Bachkana-bachkana deyishadi-yu, ammo baribir ko‘rishadi. Agar birorta odamni yoqtirmasam, u odamni ko‘rmayman, eshitmayman, e’tibor ham bermayman, menda shunaqa odat bor. Biz bachkana bo‘lsak, nega bizni ko‘rishadi, e’tibor berishadi. Shu holatga tushunmayman, deydi Javlon Shodmonov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!