Bog‘cha mudirasi tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyati fosh etildi

Bog‘cha mudirasi tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyati fosh etildi

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida G‘ijduvon tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birining rahbari, Ulug‘bek ko‘chasida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan M.G. ismli ayol o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, fuqaro S.A. ni o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan MTTga 3. mln so‘m evaziga ishga qabul qilishini va’da qilib, ushbu MTT hamshirasi E.M. orqali kimyoviy ishlov berilgan 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.G. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!