Boeing Hindistonga yana oltita P-8I samolyoti yetkazib berishi mumkin

Boeing Hindistonga yana oltita P-8I samolyoti yetkazib berishi mumkin

Amerikaning Boeing kompaniyasi Hindistonga yana oltita P-8I dengiz kuzatuv samolyotini yetkazib berishi mumkin, deya xabar bermoqda Hindustan Times kompaniya vakiliga tayanib.

“Biz Hindiston harbiy-dengiz kuchlari bilan P-8I samolyotlariga qo‘shimcha buyurtma berish bo‘yicha munozaralarni davom ettirmoqdamiz”, dedi Dan Gillian, Boeing mudofaa, kosmik va xavfsizlik biznes bo‘limining harakatchanlik, kuzatuv va bombardimonchi samolyotlar bo‘yicha vise-prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindistonda mavjud bo‘lgan 12 ta samolyot yaxshi ishlamoqda va o‘n yil ichida 40 ming soatdan ortiq parvoz qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!