BMT Xavfsizlik Kengashi: Zelenskiy Rossiyani insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybladi

BMT Xavfsizlik Kengashi: Zelenskiy Rossiyani insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybladi

Ukraina prezidenti Zelenskiy Ukrainaning energetika infratuzilmasiga raketa zarbalarining so‘nggi to‘lqinidan keyin chaqirilgan BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishida video aloqa orqali so‘zlab, Rossiyani insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybladi.

Zelenskiyning aytishicha, Rossiya dunyoga terror, beqarorlik va dezinformasiyadan boshqa hech narsa taklif qilmadi.

Rossiyaning so‘nggi raketa zarbalaridan keyin Ukrainaning katta hududlari quvvatsizlangan.

Ukraina harbiylarining xabar berishicha, bugun mamlakat bo‘ylab 67 ta raketa uchirilgan, ulardan 51 tasi urib tushirilgan. 30 ta raketa faqat Kiyev tomon uchirilgan. Ukrainaga qilingan hujumlar natijasida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Uchrashuv oldidan Oq uy Rossiya zarbalari harbiy ma’noga ega emasligini va ularning asosiy maqsadi «ukrainalik erkaklar, ayollar va bolalarning o‘limi va azob-uqubatlarini ko‘paytirish» ekanligini aytdi.

Vashington, shuningdek, o‘qqa tutilishi mintaqadagi atom elektr stansiyalarida avariyalar xavfini oshirishini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!