BMT: Urush boshlangandan beri Ukrainada 4634 nafar tinch aholi halok bo‘ldi

BMT: Urush boshlangandan beri Ukrainada 4634 nafar tinch aholi halok bo‘ldi

Ukrainada urush boshlanganidan beri 4,5 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi, 5700 dan ortiq kishi jarohat oldi, deya xabar beradi BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (OHCHR).

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, urush 1780 nafar erkak, 1194 nafar ayol, 148 nafar o‘g‘il va 131 nafar qiz, shuningdek, 41 nafar bola va 1340 nafar katta yoshli odamning hayotiga zomin bo‘lgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining fikricha, haqiqiy yo‘qotishlar soni ancha yuqori bo‘lishi mumkin: bu faol harbiy harakatlar olib borilgan joylardan (shu jumladan Mariupol, Izyum va Severodonesk) ma’lumotlarning kechikishi bilan bog‘liq, u yerdan ko‘plab xabarlar hali ham tasdiqlanishini kutmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!