BMT Tolibon harakatini ayollar huquqi bo‘yicha va’dalarini bajarishga chaqirmoqda

BMT Tolibon harakatini ayollar huquqi bo‘yicha va’dalarini bajarishga chaqirmoqda

BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet Tolibon hukumatidan ayollar huquqi, jumladan, ularning harakati va ta’lim erkinligi borasida avval berilgan va’dalar bajarilishini talab qilmoqda.

Tashkilot vakili ushbu masala yuzasidan Jenevada o‘tkazilgan Afg‘onistondagi ayol va qizlar yashash sharoitiga bag‘ishlangan munozara chog‘ida so‘z ochdi, deyiladi "Interfax.ru" axborotida.

Xabarda Mishel Bacheletning quyidagi fikri keltirilgan: Tolibon rasmiylari mamlakatda inson huquqi bo‘yicha Islom shariati qonunlariga rioya qilinishi ma’lum qilingandi. Afsuski, biz, kafolatga qaramay, xotin-qizlar ijtimoiy sohadan izchil chetlashtirilib, tazyiqqa uchrayotganini ko‘ryapmiz.

Rasmiy vakil, shuningdek, Tolibon hukumatidan ayollarning ish bilan ta’minlanishi, 1,2 million qiz uchun o‘rta maktab qayta ochilishi, ayollarning erkaklar hamrohligisiz harakatlanish erkinligiga nisbatan qo‘yilgan cheklov olib tashlanishini talab etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!