BMT noyabr oyidanoq oziq-ovqat inqirozi boshlanishidan xavotir bildirmoqda

BMT noyabr oyidanoq oziq-ovqat inqirozi boshlanishidan xavotir bildirmoqda

Afrika va Lotin Amerikasining bir qator mamlakatlarida agar kerakli o‘g‘itlar yetib bormasa, noyabr-dekabr oyidanoq oziq-ovqat inqirozi boshlanishi mumkin, deb bayonot berdi BMT bosh kotibining o‘rinbosari, Afrika bo‘yicha iqtisodiy komissiyaning ijrochi kotibi Vera Songve brifingda RF va Ukrainaning o‘g‘it eksportida kuzatilayotgan muammolar xususida to‘xtalib.

"Agar mamlakatlar o‘g‘it bilan ta’minlanmasa, Afrika va Lotin Amerikasining bir qator mamlakatlarida noyabr-dekabr oyida oziq-ovqat inqirozi boshlanishiga guvoh bo‘lamiz, chunki ushbu mamlakatlarda hozir ekin-tikin ishlari boshlangan", – dedi Songve.

22 iyul kuni Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari Rossiyaning oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashga va Ukraina bug‘doyini jahon bozoriga chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.

Vera Songvening ta’kidlashicha, “oziq-ovqat kelishuvining bajarilishi” Ukrainaning 23 million tonna bug‘doyini jahon bozoriga chiqarish imkonini beradi. Zero, BMT anchadan buyon bug‘doy taqchilligi tufayli dunyoda oziq-ovqat inqirozi yuz berishidan ogohlantirib kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!