BMT milliarderlardan yordam so‘radi

BMT  milliarderlardan yordam so‘radi

BMTning oziq-ovqat ishlari bo‘yicha rahbari Devid Bisli milliarderlarni dunyo bo‘ylab bu yil ochlikdan o‘lish xavfi ostida bo‘lgan 30 million kishini qutqarishda yordam berishga chaqirdi.

«Muhtojlarni bir yil davomida boqish uchun tashkilotga 4,9 milliard dollar kerak. Dunyo bo‘ylab boyliklari 8 trillion dollarga teng bo‘lgan ikki mingdan ortiq milliarderlar bor», – deydi Bisli.

“Ularning ba’zilari pandemiya paytida milliardlab pul ishlab topdi. Men ularning boyliklari o‘sishiga qarshi emasman, lekin insoniyat eng katta inqirozga yuz tutmoqda “, deya qo‘shimcha qildi u.

BMTning oziq-ovqat masalalari bo‘yicha rahbari ochlik to‘lqini hali ham dunyoni qamrab olish bilan tahdid qilayotganini aytib, hukumatlar va xususiy biznesni sa’y-harakatlarini kuchaytirishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!