BMT: Yevropada 4 million 823 mingga yaqin ukrainalik qochqin qolmoqda

BMT: Yevropada 4 million 823 mingga yaqin ukrainalik qochqin qolmoqda

Hozirda Yevropada 4 million 823 mingga yaqin ukrainalik qochqin qolgan.

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yanvar oyida Yevropa mamlakatlarida rasmiy himoya olgan (yoki unga murojaat qilgan) ukrainaliklar soni 5 millionga yaqinlashgan, keyin esa oy oxirida ularning soni biroz qisqargan. Bu Germaniyadagi rasmiy qochqinlar sonining birdaniga 140 mingdan ortiq kishiga qisqarishi tufayli yuz berdi.

Hozirda vaqtinchalik himoya maqomiga ega bo‘lgan qochqinlarning aksariyati Polshada – 1 million 563 ming.Ikkinchi o‘rinda Germaniya – 881 ming, uchinchi o‘rinda – 485 ming qochqin bilan Chexiya.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!