BMT bosh kotibligiga da’vogar Ukraina bo‘yicha global tinchlik konferensiyasi o‘tkazishni taklif qildi

BMT bosh kotibligiga da’vogar Ukraina bo‘yicha global tinchlik konferensiyasi o‘tkazishni taklif qildi

BMT bosh kotibi lavozimiga da’vogar, Ugandaning tashkilotdagi sobiq doimiy vakili Olara Otunnu Ukraina bo‘yicha global tinchlik konferensiyasini o‘tkazish zarurligini bildirdi.

"Asosiy manfaatdor tomonlar bilan zudlik bilan ish olib borib, global tinchlik konferensiyasini chaqirish yoki uni qo‘llab-quvvatlash zarur. Uning maqsadi mojaroni darhol to‘xtatish bo‘lishi kerak", — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Otunnuning ta’kidlashicha, ushbu vazifani amalga oshirish uchun BMTga turli tomonlar o‘rtasida "ko‘prik qura oladigan" va xalqaro hamjihatlikni shakllantira oladigan rahbar kerak.

Uning fikricha, BMTning yangi rahbari keng xalqaro qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘ladigan dadil tashabbuslarni ilgari surish va amalga oshirish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nega Isroil O‘zbekistonga qiziqib qoldi?

Исроил Эроннинг шимолидаги Марказий Осиё давлатлари билан иқтисодий, технологик ва хавфсизлик алоқаларини кучайтиряпти.