BMT Afg‘onistonga yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi

BMT Afg‘onistonga yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Butunjahon oziq-ovqat dasturi Afg‘onistonga bo‘lgan “ishonchsizlik” tufayli gumanitar yordam ko‘rsatishni vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

“Butunjahon oziq-ovqat dasturi Afg‘onistondagi vaziyat tufayli jo‘natilishi rejalashtirilgan yordamlarni vaqtincha to‘xtatdi. Ammo tashkilot mamlakatdagi vaziyatni hisobga olgan holda Afg‘onistonda ishlashni davom ettirish niyatida”, deya ma’lum qilindi missiyada.

Shuningdek, tashkilot rasmiy vakili Kun Li Butunjahon oziq-ovqat dasturi xodimlarining xavfsizligi ta’minlangan taqdirda Afg‘onistondagi gumanitar missiya davom etishini ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, Butunjahon oziq-ovqat dasturida Afg‘onistondagi vaziyatni “gumanitar falokatning barcha belgilariga ega”, deya hisoblashadi. Ular, shuningdek, bugungi kunda har uchinchi afg‘onistonlik oziq-ovqat tanqisligidan qiynalayotganini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!