Bloomberg:AQSh Rossiya alyuminiyiga 200% bojlar joriy qilishni rejalashtirmoqda

Bloomberg:AQSh Rossiya alyuminiyiga 200% bojlar joriy qilishni rejalashtirmoqda

AQSh Ukraina bosqinining yilligi yaqinlashayotgani munosabati bilan Moskvaga bosim o‘tkazish uchun shu haftada Rossiyada ishlab chiqarilgan alyuminiy importiga 200 foizlik bojlar joriy etishga tayyorlanmoqda, deb yozadi Bloomberg masaladan xabardor odamlarga tayanib.

Agentlikning ta’kidlashicha, bu harakat bir necha oy davomida ko‘rib chiqilmoqda. AQSh bojlarni oshirmoqda, deydi manbalar, qisman Moskva alyuminiyni AQSh bozorida bozor qiymatidan ancha past sotayotgani va Amerika kompaniyalariga zarar yetkazayotgani uchun.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Bayden hali chora-tadbirlarni amalga oshirishga rasmiy ruxsat bermagan va ma’muriyatda bu Amerika sanoati, jumladan, aviasiya va avtomobilsozlik sanoatiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar haqida xavotir bildirilgan.

Bunday yuqori bojlar Rossiyadan AQShga metall importiga amalda chek qo‘yadi.

Rossiya dunyodagi ikkinchi yirik metall ishlab chiqaruvchi bo‘lib, an’anaviy ravishda Rossiyadan etkazib beriladigan alyuminiy AQSh umumiy importining taxminan 10% ni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!