Blinken Yaponiya Bosh vaziriga Sindzo Abening vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Blinken Yaponiya Bosh vaziriga Sindzo Abening vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida dushanba kuni sobiq bosh vazir Sindzo Abening vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirish uchun Yaponiyaga tashrif buyurgan AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.

Blinken Tailandga safari ortidan AQShga qaytishdan oldin Yaponiyada to‘xtash uchun jadvalini o‘zgartirdi.

Qayd etilishicha, Kisida bilan uchrashuvda AQSh davlat kotibi Abening vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirib, Yaponiya sobiq bosh vazirining o‘limi “katta yo‘qotish” ekanini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!