Blinken NATOga Shvesiya va Finlyandiyani qabul qilishni ratifikasiya qilish haqidagi hujjatlarni topshirdi

Blinken NATOga Shvesiya va Finlyandiyani qabul qilishni ratifikasiya qilish haqidagi hujjatlarni topshirdi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, u Finlyandiya va Shvesiyani alyansga qabul qilish haqidagi AQSh tomonidan ratifikasiya qilingani haqidagi hujjatlarni NATOga topshirgan.

Bu haqda Blinkenning Twitter sahifasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatlar AQShning Finlyandiya va Shvesiyani qabul qilish bo‘yicha ratifikasiya jarayonidagi so‘nggi qadam sifatida topshirilgan.

9 avgust kuni Amerika prezidenti Jo Bayden Finlyandiya va Shvesiyani NATOga qabul qilish to‘g‘risidagi bitimlarni Qo‘shma Shtatlarda ratifikasiya qilish to‘g‘risidagi protokollarni imzolagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!