Blinken: NATO sovet uslubidagi o‘q-dorilar ishlab chiqarishga sarmoya kiritmoqchi

Blinken: NATO sovet uslubidagi o‘q-dorilar ishlab chiqarishga sarmoya kiritmoqchi

AQSh Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken CNN telekanaliga NATO davlatlari Ukraina armiyasida xizmat qiladigan qurollar uchun sovet uslubidagi o‘q-dorilar ishlab chiqarishga sarmoya kiritish niyatida ekanligini tasdiqladi.

«Biz [Ukraina armiyasini] zarur bo‘lgan va u uchun nima samarali bo‘lishini ta’minlashning barcha variantlarini ko‘rib chiqmoqdamiz.Bu, o‘nlab yillar davomida Ukraina Qurolli kuchlari inventarida bo‘lgan sovet davridagi qurol tizimlarini o‘z ichiga oladi, masalan, biz bunday qurollar uchun o‘q-dorilar yetkazib berilishini ta’minlaymiz.Ba’zi hollarda bu uzoq vaqtdan beri ishlab chiqarilmagan narsani ishlab chiqarish kerakligini bildiradi», — dedi Blinken.

New York Times gazetasi alyans a’zolari Chexiya, Slovakiya va Bolgariyadagi sobiq zavodlarga sovet davridan qolgan artilleriya snaryadlarini ishlab chiqarishni qayta boshlash uchun sarmoya kiritishni muhokama qilishayotgani haqida xabar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!