"Biz poytaxt aholisining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, bunday xayrli ishlarimizni jadal davom ettiramiz", - Prezident

"Biz poytaxt aholisining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, bunday xayrli ishlarimizni jadal davom ettiramiz", - Prezident

Yig‘ilishda poytaxt jamoat transporti sohasida olib borilayotgan va rejalashtirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.

"Mana, bugun yangi metro stansiyalarini borib ko‘rdik. Yangi liniyada jami 7 ta stansiyalar ishga tushganidan keyin, metroda kunlik yo‘lovchilar soni 1 millionga chiqadi", - dedi davlatimiz rahbari.

Shaharda tirbandlikni qisqartirish, odamlarning uzog‘ini yaqin qilishga qaratilgan bu ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi. Jumladan:

- 1 aprelga qadar qo‘shimcha 1 mingta avtobus olib kelinadi;
- 25 ta ko‘chada avtobuslar uchun alohida yo‘laklar tashkil etiladi;
- yil yakunigacha 233 ta chorrahadagi svetoforlarni yo‘lovchi oqimiga qarab boshqarish tizimi joriy qilinadi;
- 20 ta oqim yuqori ko‘chalarda xususiy sheriklik asosida jami 10 ming o‘rinli parkomatlar tashkil qilinadi;
- Chilonzor, Yunusobod va Yashnobod tumanlaridagi shaharga olib kiruvchi 6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar tashkil qilinib, tayyor biznes sifatida auksionga chiqariladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!