Birjada shakar savdosi bir yil oldingiga nisbatan 42 baravar oshgan

Birjada shakar savdosi bir yil oldingiga nisbatan 42 baravar oshgan

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylari mobaynida birja savdolariga jami 48,1 ming tonna shakar sotuvga qo‘yilgan va shundan 46,8 ming tonnasi yoki 97% sotilgan. Bu haqda Respublika tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati xabar qildi.

Shakarning sotuvga qo‘yish va sotish hajmlari joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 2018 yilning huddi shu davriga nisbatan 42 baravarga oshgan.

2019 yil yanvar-oktyabr davrida birja savdolarida sotilgan 46,8 ming tonna shakarning 22,9 ming tonnasi yoki 49% “XORAZM SHAKAR” AJ va 23,8 ming tonnasi yoki 51% “ANGREN SHAKAR” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan.

2019 yil yanvar-oktyabr davrida shakar oyma-oy bir maromda sotilmagan. Eng ko‘p hajmlarda fevral (8,8 ming tonna) va iyun (5,2 ming tonna) oylarida sotilgan bo‘lsa, eng kam hajmda yanvarda (1,6 ming tonna) va martda (3,6 ming tonna) sotilgan. Shakarning savdolarga qo‘yilish va sotilish hajmlari may oyidan boshlab barqarorlashgan. Ushbu davrda (may-oktyabr) shakarning o‘rtacha oylik sotilish hajmi 4,8 ming tonnani tashkil qilgan.

Matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, 2020 yilning 1 yanvaridan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan shakarning kamida 90 foizi faqat birja orqali bozor tamoyillari asosida sotiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!